O'zbekistonda Technovation Girls 2024 xalqaro tanloviga registratsiyani ochyapmiz!

Ro'yxatdan o'tish FAQAT xalqaro https://my.technovationchallenge.org saytda ishlaydi


Qizlar uchun yirik xalqaro texnologik tanlov: O'zbekistonda 8-bor o'tkazilmoqda.
Har yili Technovation butun dunyo bo'ylab qizlar jamoalari uchun ta'lim tanlovini tashkil qiladi.
Qizlar o'z hamjamiyatlaridagi muammolarni payqash va ularni texnologiyalar yordamida hal etishni o'rganadilar (mobil ilova yaratishadi, loyihaning biznes-rejasini yozishadi, loyiha haqida video tasvirga olishadi va uni tanlov finalida taqdim qilishadi).

Technovation Girls Uzbekistan tanlovining g'oliblari qimmatbaho sovg'alarga va xalqaro finalda qatnashish (unda ham ajoyib sovg'alar kutmoqda) imkoniyatiga ega bo'ladi!

Ishtirokchi qizlar uchun dastur to'liq bepul.

Barcha dastur yangiliklarini @technovation_uz Telegram-kanalida berib boramiz (MUHIM XABARLARNI O'TKAZIB YUBORMASLIK UCHUN TELEGRAM-KANALIGA OBUNA BO'LING).
Technovation tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning 100+ mamlakatida, 2016-yildan buyon esa O'zbekistonda o'tkazilmoqda.

Ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling!
2024-yil mavsumida Technovation Girls Uzbekistan dasturi Tech4Impact NNT tomonidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yandex texnologik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Dastur ishtirokchilar uchun to'liq bepul bo'lib, u Google, Yahoo, Adobe, Intel, Oracle, Dropbox, UN va UN Women kompaniyalarining ko'magida amalga oshirilmoqda.

Loyiha maqsadi: qizlarda (10-18 yosh) tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik va dasturlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Ushbu loyiha ishtirokchilarning va barcha jalb etilgan tomonlarning texnika sohalariga bo'lgan qiziqishini, texnik kasblarda faoliyat ko'rsatuvchi qizlar foizini oshiradi.

IT va texnologiyalar – bu kelajak kasbi! Olingan bilimlar qizlarga sotsiumda moslashishga yordam beradi, raqobat katta bo'lgan mehnat bozorida munosib o'rinni egallash imkonini beradi. Kelgusida tadbirkorlik va dasturlash ko'nikmalari qisman bandlikni oilaviy majburiyatlar bilan birlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Dastur faqat ingilz tilida bo'lib, dasturlashni bilishni talab etmaydi.

O'zbekiston jamoalari tomonidan 2023-yilda yaratilgan 78 loyiha, 2022-yilda yaratilgan 34 loyiha, 2021-yilda yaratilgan 41 loyiha, 2020-yilda yaratilgan 29 loyiha, 2019-yilda yaratilgan 42 ta loyiha, 2018-yilda yaratilgan 29 ta loyiha va 2017-yilda yaratilgan 22 ta loyihani tomosha qiling.
My Technovation Story video
Isroil elchixonasi koʻmagida Oʻzbekistonda 6 yillik dastur davomida Technovation bitiruvchilari va mentorlarining video hikoyalari tanlovi oʻtkazildi.

39 nafar qiz va mentorlar o'z videolarini yuborib, Technovation-da qatnashgandan keyin o'qish, martaba va hayotdagi muvaffaqiyatlari bilan o'rtoqlashdilar.

O'zbekistonlik qizlarning ilhomlantiruvchi hikoyalarini tomosha qilamiz!

Video mazmuni:
00:00-00:39 Technovation haqida qayerdan eshitdingiz?
00:40-01:40 Hozir qayerda o'qiysiz yoki ishlaysiz?
01:41-09:59 Technovation tanlovida ishtirok etish sizga nima berdi?
10:00-11:13 Mentorlik haqidagi taassurotlaringiz qanday?
11:14-13:53 O'zbekiston qizlariga tilaklaringiz.
2016-2023 yil mavsumi uchun O'zbekistondagi dastur natijalari
2023 yilda Tecnas jamoamiz Kaliforniyada o'z loyihasini taqdim etdi va dunyoning TOP 3 ta eng yaxshi jamoasiga kirdi!

2018 yilda 1 ta jamoa – Generation Z – finalga chiqib, O'zbekistonni Kremniy Vodiysida taqdim etdi.
275 ta jamoa
10-18 yoshli qizlar, Toshkentdan, + 9 viloyatdan
450+ nafar murabbiy
Ishlaydigan professionallar va Universitetlarining talabalari
Seminarlar

250+ seminarlar 3 500 + ishtirokchilar uchun
Technovation kasbiy o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi
58%
Ishtirokchi qizlarning 58 foizi IT va texnologiyalar sohasini tanlaydi
73%
Murabbiylarning 73 foizi netvorkingni yaxshilaydi va kasbiy mahoratlarini yanada oshiradi
100%
Ishtirokchi qizlar va murabbiylarning 100 foizi yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantiradi
My Technovation story sovrinli tanlov, 2017-2021 yilgi mavsum ishtirokchilari va mentorlari uchun
Ota-onalarga:
Farzandlaringizga hozirgi jamiyatda yetakchi bo'lishga yordam bering!
Uy bekasi bo'lish O'zbekistonda qizlarning an'anaviy mashg'uloti hisoblanadi. An'anaviy kasblar esa – tarjimon, iqtisodchi, ofis-menejer. Ko'pchilikning fikricha, dasturlash va texnik kasblar faqat o'g'il bolalar uchun mo'ljallangan. Ammo bu unday emas.

21-asrda katta talabga ega kasblar IT va texnologiyalar bilan bog'liq bo'lib, texnologiyalar sohasida gender bo'linish yo'q. Farzandingizga o'zini keajak kasblarida sinab ko'rish, o'zini yetakchi, tadbirkor va dasturchi sifatida namoyon etish imkoniyatini bering.

Bundan tashqari, IT-mutaxassislar katta maosh oladi, ular masofadan turib ishlashi ham mumkin.

Qizlar bunday ishni oiladagi majburiyatlari bilan birgalikda olib borishi mumkin.

Tanlovda besh nafar qiz va ikki nafar murabbiy tarkibidagi jamoalar qatnashadi. Jamoalar uchun 2 ta yosh guruhi: 10-15 yosh va 16-18 yosh.

Jamoalarga dunyoning 78 ta mamlakatida sinab ko'rilgan 12 haftalik dastur taqdim etiladi. Qizlar ana shu vaqt mobaynida o'z murabbiylari bilan birgalikda nafaqat ilova ishlab chiqishadi, balki marketing tadqiqotlarini o'tkazishadi, biznes-reja yozishadi, video tasvirga olib, o'zlarining kelajagi uchun ko'plab foydali ko'nikmalarga ega bo'lishadi.

Loyiha haftasiga (fevral-aprel oylarining shanba kunlari, 3 oy) bor-yo'g'i 2 soat vaqtni egallaydi va bolalarni o'qishdan chalg'itmaydi..

Barcha loyihalar taqdim etilganidan keyin butun dunyo bo'ylab ishtirokchilar orasidan o'nda finalchi-jamoa saralab olinadi. Ular tanlovning yakuniy bosqichida qatnashish uchun Kaliforniyaga taklif etiladi.

FARZANDINGIZNING INNOVATSIYALARGA BO'LGAN INTILISHINI QO'LLAB-QUVVATLANG!
QIZLARGA TECHNOVATION TANLOVIDA QATNASHISH NEGA KERAK?
Har bir qiz innovator bo'lishi va texnologiyalar bilan ishlashi mumkin!
5 nafar qizdan iborat jamoalar (10-15 yosh yoki 16-18 yosh) muammoni ko'radi, uni hal etish g'oyasi ustida o'ylab ko'rishadi, Android uchun mobil ilova yaratishadi (MIT APP Inventor dasturida), biznes-reja yozishadi, video-pitch tasvirga olishadi va o'z loyihalarini 2024-yil may oyida pitchda "jonli" taqdim etishadi.

Tanlovda qatnashgandan keyin IT sohasidagi faoliyatning barcha istiqbollarini ko'rasiz, muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan va shu kasbda sizga namuna bo'lishi mumkin bo'lgan biznesmenlar va ayollar bilan tanishasiz. Eng katta talabga ega va katta maosh to'lanadigan kasblar innovatsiyalar bilan bog'liq!
Technovation tanlovida kim murabbiy bo'lishi mumkin?
Agar siz IT-kompaniyada ishlasangiz, o'z biznesingizga ega bo'lsangi, informatika, matematika, ingliz tili (yoki boshqa istalgan fanlar)dan dars bersangiz – Technovation Challenge xalqaro murabbiylar tarmog'iga qo'shiling.

Murabbiylar DASTURLASHNI BILISHI SHART EMAS. Dasturlash borasida bizga IT-maslahatchilar yordam beradi.

Qizlarga kelgusi kasblarini birgalikda tanlashga yordam beramiz!

Biz murabbiylardan nimani iltimos qilamiz:
1. Ingliz tilini bilish (dastur – ingliz tilida, loyihalarni ham ingliz tilida bajarish kerak)

2. O'z jamoasi bilan uchrashishga haftasiga 2 soat ajratish imkoniyati (2024-yilning fevral-aprel oylari). Aprel oyida yuklama haftasiga 3 soatgacha oshishi mumkin. Ayrim jamoalar o'z faoliyatini yanvar oyida boshlaydi (jamoa va murabbiylarning ixtiyoriga ko'ra).

3. Loyiha ustida ishlashda va dasturni o'rganishda jamoaga yordam berish. Jamoani yo'naltirish.

4. Tashkilotchilar va ota-onalar bilan aloqada bo'lish (Telegram orqali)
Technovation tanlovida murabbiy bo'lish nega kerak?
Tajriba almashish uchun
Har birimizning faoliyatimizga va shaxs sifatida shakllanishimizga ta'sir ko'rsatgan ustozimiz bo'lgan. Murabbiylik – bu ana shu «omonatni» o'sib kelayotgan avlodga qaytarish imkoniyatidir. Qizlarni texnologik mutaxassisliklarga jalb etish uchun professionallar va biznes vakillari o'z sa'y-harakatlarini birlashtirishlari kerak.
Malaka oshirish uchun
Bizning murabbiylarimiz yetakchilik, dizayn-fikrlash, innovatsiyalar bo'yicha treninglar va «murabbiylar treningi»dan o'tadi.
Sohada aloqalarni yo'lga qo'yish uchun
Netvorking – ushbu kasbning muhim qismi. Yoshlarni va qizlarning STEM-sohaga jalb etilishini qo'llab-quvvatlovchi o'z sohangizning professionallari bilan tanishing.
Technovation dasturi
Jamoalar ishlaydigan dastur xalqaro IT-kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagi bloklarni o'rganishni nazarda tutadi:
Dasturlash
Jamoalar App Inventor yordamida Android uchun ijtimoiy mobil ilovani yaratadi. Ilova shahringizdagi, tumaningizdagi, mahallangizdagi muammoni hal etishi lozim.

O'tgan yili 78 ta jamoamiz tomonidan bajarilgan loyihalarni ko'ring
Biznes va tadbirkorlik
Qizlar bozorni tadqiq qilish va biznes-rejalashtirish ko'nikmalariga ega bo'ladi. Marketing, yetakchilik, taqdimot qilish san'ati va atrofdagi muammolarning yechimiga innovatsion yondashish bo'yicha treninglar o'tkaziladi.
Tanlov bosqichlari
1
2023-yil dekabr – 2024-yil yanvar
Jamoalar va murabbiylarni ro'yxatga olish. Murabbiylar va ishtirokchi qizlar uchun treninglar. Jamoalarni shakllantirish. G'oyalar generatsiyasi.
2
2024-yil fevral-aprel
Loyiha ustida uch oy ishlanadi. Jamoalar haftada 1 marta murabbiylar bilan 2-3 soatga uchrashadi.
3
2024-yil may
Regional Pitch Event O'zbekistonda.
Arizalarni 20 avgustgacha taqdim eting!
Technovation Girls Uzbekistan Farg'ona vodiysida!
Technovation Girls xalqaro dasturi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Birlashgan millatlar tashkiloti "Farg'ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg'unligi" loyihasi Andijon, Namangan va Farg'onada qizlar va mentorlar (murabbiylar) uchun onlayn treninglar haqida e'lon qiladi!

Technovation Girls Fergana Valley natijalari
Technovation-2024 tanlovini quyidagilar qo'llab-quvvatlaydi:
Agar sizni hamkorlik masalasi qiziqtirsa, saytdagi Kontaktlar orqali murojaat qiling.
Ассоциация поддержки детей и семей Узбекистана
Министерство по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан
Министерство по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан
Ассоциация поддержки детей и семей Узбекистана
Университет Инха в г. Ташкенте
United Nations
Университет Инха в г. Ташкенте
IT-компания Brand.uz
Стартап-конференция Startup Mix
Акселератор StartupFactory.uz
Акселератор StartupFactory.uz
Акселератор StartupFactory.uz
Technovation Challenge tanlovini qo'llab-quvvatlovchi OAV
Technovation haqidagi reportajlar va materiallar uchun profilli internet-OAVdagi hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
Kontaktlarimiz:
Telegram / Qo'ng'iroqlar: +998 90 319 77 21 (Saida Yusupova)

email: technovation.uz@gmail.com

Loyihaning xalqaro sayti:: www.technovationchallenge.org/
Technovation Uzbekistan tanlovining Facebook, Telegram va Instagram sahifalaridagi yangiliklariga obuna bo'ling!
Made on
Tilda